Savol-javob

Alfagram haqida eng koʻp soʻraladigan savollarga javoblar.

Umumiy

Alfagram nima?

Alfagram — Telegram uchun norasmiy klient ilova. U Telegramning ochiq manba kodiga asoslangan, shuning uchun interfeys va barcha asosiy funksiyalar sizga tanish. Ustiga arvoh rejimi, oʻchirilgan xabarlarni saqlash, tahrirlar tarixi va reklama filtrlari qoʻshilgan.

Bu rasmiy Telegram ilovasimi?

Yoʻq. Alfagram — mustaqil loyiha va Telegram kompaniyasi bilan bogʻliq emas. Ilova rasmiy Telegram API orqali ishlaydi: xabarlaringiz odatdagidek Telegram serverlari orqali yuboriladi.

Alfagram pullikmi?

Yoʻq, Alfagram butunlay bepul. Ichki toʻlovlar va obunalar yoʻq.

Mavjud Telegram hisobim bilan kira olamanmi?

Ha. Telefon raqamingizni kiritasiz, tasdiqlash kodi rasmiy Telegram ilovangizga yoki SMS orqali keladi. Kirganingizdan keyin barcha chatlar, kanallar va papkalar avtomatik yuklanadi.

Oʻrnatish va yangilash

Qanday oʻrnataman?

  1. Yuklab olish sahifasidan APK faylni yuklab oling.
  2. Telefon soʻrasa, brauzerga nomaʼlum manbalardan ilova oʻrnatishga ruxsat bering.
  3. Faylni oching va «Oʻrnatish» tugmasini bosing.

Yangi versiyaga qanday yangilayman?

Yangi APK faylni yuklab oling va eskisining ustidan oʻrnating. Hisobingiz, chatlar va saqlangan xabarlar oʻchmaydi. Yangi versiyalar haqida Telegram kanalimizda xabar beramiz.

Qaysi Android versiyalarida ishlaydi?

Android 6.0 va undan yangi versiyalarda. Ilova universal APK koʻrinishida tarqatiladi va deyarli barcha zamonaviy smartfonlarda ishlaydi.

Yuklangan fayl asl ekanini qanday tekshiraman?

Yuklab olish sahifasida har bir versiyaning SHA-256 nazorat yigʻindisi koʻrsatilgan. Uni yuklangan faylning yigʻindisi bilan solishtiring — mos kelsa, fayl oʻzgartirilmagan.

Imkoniyatlar

Arvoh rejimi qanday ishlaydi?

Arvoh rejimi yoqilganda ilova Telegram serverlariga faolligingiz haqidagi signallarni yubormaydi: oʻqilganlik belgisi, «onlayn» va «yozmoqda…» holatlari, hikoyalarni koʻrganingiz. Har bir sozlamani ilova sozlamalarida alohida yoqish mumkin.

Oʻchirilgan xabarlar qayerda saqlanadi?

Faqat telefoningizning oʻzida, ilovaning lokal bazasida. Ular hech qanday serverga yuborilmaydi. Ilova maʼlumotlarini tozalasangiz yoki ilovani oʻchirsangiz, saqlangan xabarlar ham oʻchadi.

Suhbatdosh oʻchirgan xabarini koʻrganimni biladimi?

Yoʻq. Xabar oʻchirilishidan oldin qurilmangizga allaqachon yetib kelgan boʻladi — Alfagram uni shunchaki oʻchirmay qoldiradi. Suhbatdosh tomoniga hech qanday signal yuborilmaydi.

Eslatma: ilova xabarni u oʻchirilgunga qadar qabul qilib ulgurgan boʻlishi kerak.

Xavfsizlik

Hisobim bloklanib qolmaydimi?

Alfagram rasmiy Telegram API orqali ishlaydi va hisobingiz maʼlumotlarini hech qayerga uzatmaydi. Shunga qaramay, arvoh rejimi kabi imkoniyatlar Telegramning uchinchi tomon ilovalari uchun qoidalariga toʻliq mos kelmaydi, shuning uchun hech bir norasmiy klient toʻliq kafolat bera olmaydi. Ilovadan oʻz qaroringiz bilan foydalanasiz.

Alfagram maʼlumotlarimni yigʻadimi?

Yoʻq. Ilova xabarlaringiz, kontaktlaringiz yoki hisob maʼlumotlaringizni bizga yubormaydi. Batafsil — Maxfiylik siyosatida.

Boshqa saytlardagi Alfagram APK fayllari xavfsizmi?

Biz buni kafolatlay olmaymiz. Ilovani faqat alfagram.uz saytidan yoki rasmiy Telegram kanalimizdan yuklab oling. Soxta APK fayllar hisobingizga kirish maʼlumotlarini oʻgʻirlashi mumkin.

Hech narsa topilmadi. Boshqa soʻz bilan qidirib koʻring.

Javob topa olmadingizmi?Savolingizni muhokama guruhimizda yozing — jamoa va foydalanuvchilar yordam beradi. Guruhga oʻtish